Janubiy Koreya Pxenyanning dag‘dag‘alariga qaramay, ovoz kuchaytirgichlar orqali shimolga eshittirishlar uzatishda davom etadi. Bu haqda 20-avgust, payshanba kuni mamlakat mudofaa vazirligiga tayanib, Ryonxap agentligi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
O‘sha kunning o‘zida Koreya Respublikasi va Shimoliy Koreya qurolli kuchlari qurolsizlantirilgan hududda artilleriya otishmalari bilan almashib oldi. Pxenyan janubliklarni 22-avgust, shanba kuniga qadar ovoz kuchaytirgichlar yig‘ishtirilib, eshittirishlar to‘xtatilmasa, jangovar harakatlar boshlanishi haqida ogohlantirdi.
Izoh (0)