Marsda yuruvchi Curiosity qurilmasi 5-avgust kuni MAHLI (Mars Hand Lens Imager) asbobi yordamida NASA tomonidan Bug‘u terisi deb nom berilgan tog‘ning suvga boy hududida selfilar oldi. Bu haqda agentlik saytida xabar berildi.
Rover kamerasi o‘nlab suratlar oldi, NASA ulardan marsoxodning bir nechta panoramali avtoportretlarini yaratdi. Syomkadan avval esa Curiosity’ning robotlashtirilgan qo‘li va kamerasi sinovdan o‘tkazildi.
NASA’ning Mars roveri Curiosity Qizil sayyoraga 2011-yilning 26-noyabrida yo‘l olgan va 2012-yil 6-avgustda Marsdagi Geyl krateri yaqiniga qo‘ngan.
Izoh (0)