KXDR Janubiy Koreyaga ikki mamlakat chegarasida joylashgan va Seul tomonidan Pxenyanga qarshi tashviqot ishlarida foydalanilayotgan ovoz kuchaytirgichlarni buzib tashlash uchun ikki kun muhlat berdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Yonhap agentligi xabariga ko‘ra, mazkur talab chegarada ikki mamlakat o‘rtasida yuz bergan artilleriya otishmasidan bir soat o‘tib, Shimoliy Koreya qo‘shinlari bosh shtabi bo‘limi tomonidan Janubiy Koreya tarafiga taqdim etilgan.
“Agar Seul o‘zining Pxenyanga qarshi qaratilgan radiotranslyatsiyalarini to‘xtatmasa va tegishli qurilmalarni ikki kun ichida buzib tashlamasa, Shimoliy Koreya harbiy harakatlarni boshlashga va’da berdi”, — deyiladi Janubiy Koreya milliy mudofaa vazirligi bayonotida.
Qayd etishlaricha, muхlat mahalliy vaqt bilan 22-avgust kuni soat 17:00 da yakuniga yetadi. Janubiy Koreya KXDRning mazkur talabini bajarmoqchimi-yo‘qmi, bu haqda hozircha hech qanday izoh berilgani yo‘q.
Izoh (0)