AQShda XMatter LLC kompaniyasi X15 o‘tsochari (ognemyot) va unga tegishli aksessuarlar — karbonat angidrit gazi bilan to‘ldirilgan qo‘shimcha balloncha va yondiruvchi moddali bankalarni sota boshladi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Savdo-sotiq Amerikaning o‘tsochar “ko‘ngilochar qurilma” sifatida baholanadigan 48 ta shtatida boshlandi. Qolgan shtatlar — Kaliforniya va Merilendda o‘tsochar taqiqlangan.
Ishlab chiquvchilar 1599 dollarlik ushbu buyum qishloq xo‘jaligida yerni tozalash, yovvoyi o‘t va zararkunanda hasharotlarni yo‘q qilish, yo‘lkalardagi qor va muzlarni eritish, shuningdek Amerikaning Mustaqillik kunida chiroyli pirotexnika effektlarini yaratishda ishlatilishini ko‘zda tutgan.
Izoh (0)