Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti sovuq urush davri tugaganidan buyon o‘z havo-desant qo‘shinlarining hamkorlikdagi eng yirik mashg‘ulotlarini o‘tkazishga kirishdi, deya xabar bermoqda “TASS” AQShning Yevropadagi quruqlik qo‘shinlari qo‘mondonligiga tayanib.
“Tezkor javob-15” deb nomlangan ko‘p millatli manyovrlarda Bolgariya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, Ispaniya, Italiya, Niderlandiya, Polsha, Portugaliya, AQSh va Fransiya kabi 11 ta davlatdan 4800 nafar harbiy xizmatchi qatnashadi.
Harbiy mashqlar 15-avgustda boshlanib, 13-sentabrgacha davom etadi.
Izoh (0)