“MMM” moliyaviy piramidasi yaratuvchisi Sergey Mavrodi Janubiy Afrika Respublikasida shunga o‘xshash loyihani ishga tushirdi, deya xabar bermoqda Meduza. Piramida ishtirokchilariga oyiga o‘zlari kiritgan mablag‘ning 30 foizi miqdorida daromad va’da qilindi.
Loyiha saytida aytilishicha, piramidani yaratishdan maqsad pul emas, balki “adolatsiz moliyaviy tizim”ga qarshi kurashdir.
Saytda e’lon qilingan so‘nggi videoyozuvda Sergey Mavrodi JARda loyihasi yaxshi ishlayotganini aytadi. “Hammaga hammasi to‘lanyapti”, — deya ta’kidlaydi u.
Izoh (0)