Tailandning Bangkok shahrida bir kunda ikkinchi portlash ro‘y berdi, deya xabar qiladi “Gazeta.ru”.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, portlash temiryo‘l vokzali yaqinida sodir bo‘lgan, jabrlanganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, 18-avgust, seshanba kuni avvalroq Bangkokda noma’lum shaxs portlovchi qurilmani ko‘prikdan odamlar gavjum joyga uloqtirishga uringandi. Biroq u yanglish otganligi sababli bomba suvda portlab, odamlarga hech qanday zarar yetmagan.
Bundan tashqari, 17-avgust, dushanba kuni Bangkok shahridagi Ratchaprasong chorrahasida kuchli portlash yuz bergan edi.
Izoh (0)