Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 18-avgust, seshanba kuni bosh vazir Ahmad Dovudo‘g‘lining koalitsion hukumat tuzish vakolatini zimmasidan soqit qilish haqidagi iltimosini qondirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Erdo‘g‘on va Dovudo‘g‘lining uchrashuvi mamlakatdagi siyosiy partiyalar iyul oyi boshidan beri yangi vazirlar mahkamasi tarkibi yuzasidan bir to‘xtamga kelolmayotgan vaziyatda bo‘lib o‘tdi.
Mahkama tarkibini shakllantirish 23-avgustga qadar yakunlanishi lozim. Agar bu muddatgacha ulgurilmasa, mamlakatda yangi saylovlar o‘tkaziladi.
Izoh (0)