Sobiq futbolchi Diyego Armando Maradona 12 yildan buyon narkotik moddalar iste’mol qilmasligini aytib o‘tdi, deb xabar qiladi “Uff.uz”.
“Mana, 12 yildirki kokain iste’mol qilmayman. Chunki tongda uyqudan uyg‘onishga qiynalib qolgandim. Endi barchasi o‘tib ketdi. Men farzandlarim va qarindoshlarim uchun sog‘lom turmush tarzi yuritishga qaror qildim.
Boz ustiga yana bir farzand ko‘rish haqida o‘ylamoqdaman”, — deydi Maradona.
Izoh (0)