FIFA sobiq vitse-prezidenti va Koreya futbol assotsiatsiyasining avvalgi rahbari, janubiy koreyalik 63 yoshli Chon Monjun 17-avgust, dushanba kuni Parijdagi matbuot anjumanida o‘z nomzodini FIFA prezidentligiga qo‘yishini rasman e’lon qildi. Bu haqda "RIA Novosti" xabar berdi.
Chon Monjun Xalqaro futbol tashkiloti ayni paytda chuqur tanazzulni boshidan kechirayotgani va u bunday noxush vaziyatni o‘nglashga qodir yetakchi ekanligini ta’kidlagan.
Oldinroq UYeFA prezidenti Mishel Platini, Liberiya futbol assotsiatsiyasi yetakchisi Musa Biliti, Iordaniya shahzodasi Ali ibn al-Husayn, sobiq futbolchilar Ziko, Maradona va David Jinola FIFA rahbarligi uchun saylovda qatnashish istagini bildirgan.
Izoh (0)