Poytaxtdagi “Chilonzor” stadionida o‘tkazilgan “Paxtakor-79” xotira turniri yakunlandi. Bu haqda “Olamsport.com” xabar bermoqda.
Finalda “Paxtakor” yoshlari “Lokomotiv” jamoasidagi tengdoshlari bilan maydonga tushdi. Bellashuvda hisob ochilmadi. Penaltilarda esa “Paxtakor” tarbiyalanuvchilari 4:3 hisobida zafar quchdi.
Finaldan so‘ng turnir sovrindorlari va turli nominatsiyalar g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Narimon Jalolov, To‘lagan Isoqov, Anvar Solijonov, Ravshan Yunusov, Vali Shamsimuhammedov, Vitaliy Kapustyanskiy singari faxriylar ishtirok etdi.
Izoh (0)