“Real” klubi bosh murabbiyi Rafael Benites jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduning ahvoli haqida ma’lumot berdi, deb xabar qiladi “Uff.uz”.
“Krishtianuning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammo paydo bo‘ldi. U hozirda tibbiyot xodimlari nazoratida bo‘lib turibdi. Kelasi haftada Ronalduning sog‘lig‘i yaxshilanishi kerak.
23-avgust kuni 1-turdan o‘rin olgan “Sporting”ga qarshi o‘yinda uning maydonga tushishiga hech narsa xalaqit bermaydi, deb umid qilaman.
Mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida faqat ikki nafar futbolchimiz jarohatlandi. Qolganlarning ahvoli yaxshi”, — deydi Benites.
Izoh (0)