Turinning “Yuventus” jamoasi Italiya Superkubogi uchun bo‘lgan bahsda Rimning “Latsio” klubi ustidan g‘alaba qozondi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Shanxayda bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2:0 hisobida yakunlandi. Gollarga hujumchilar Mario Manjukich va Paulo Dibala mualliflik qildi.
“Yuventus” shu tariqa yettinchi bor Italiya Superkubogi sohibi bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda turinliklar milliy chempionat va mamlakat Kubogida zafar quchgan edi.
Izoh (0)