“Bunyodkor” hujumchisi Zabihillo O‘rinboyev Portugaliyaning Primeyrada o‘ynaydigan “Pasush de Ferreyra” klubiga o‘ta olmadi, deya xabar bermoqda UzDaily o‘yinchining agenti San’at Sharipovga tayanib.
Toshkentning “Bunyodkor” klubi o‘z forvardini Portugaliya futbol klubiga o‘tishga qo‘ymadi.
O‘zbekiston yoshlar termasi tarkibida Yangi Zelandiya bo‘lib o‘tgan 2015-yilgi yoshlar jahon chempionatida o‘zini ko‘rsatgan hujumchi iyul oyi oxirida Portugaliya klubidan taklif olgan.
Biroq “Bunyodkor” jamoaning hujum liniyasida bor-yo‘g‘i uch hujumchi qolgani tufayli, o‘yinchini Yevropa klubiga sotishdan bosh tortdi.
Izoh (0)