Moskvaning “Spartak” klubi ishqibozlari 9-avgust kuni “Krilya Sovetov”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinning dastlabki 20 daqiqasida sukut saqlaydi. Shu tariqa ular 8-avgustdan 9-avgustga o‘tar kechasi o‘ldirilgan jamoa ishqibozi xotirasini yod etadi, deb xabar qiladi “RBK”.
Hodisa 9-avgustga o‘tar kechasi “Paluba” kafesida sodir bo‘ldi. 28 yoshli moskvalik “Spartak” ishqibozi futbol o‘yinini ko‘rish uchun Samaraga tashrif buyurgan. Kafeda u va 27 yoshli samaralik erkak o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mojaro futbol bilan bog‘liq bo‘lmagan.
Ikkala erkak ham alkogol ta’sirida bo‘lgan. Gumonlanuvchi moskvalik ishqibozga pichoq bilan zarba bergan. Olingan jarohatdan jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.
Gumonlanuvchi keyinroq qo‘lga olindi.
Izoh (0)