Rossiyaning Malidagi elchixonasi mamlakatning Sevare shahrida qurollangan jangarilar tomonidan Byblos mehmonxonasining qo‘lga olinishi chog‘ida Rossiya fuqarosi halok bo‘lgani haqidagi ma’lumotni tasdiqlamadi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
“Bizda mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, barcha hamyurtlarimiz sog‘-omon. Rossiya elchixonasi vaziyatni sinchiklab kuzatib bormoqda”,— deya ma’lum qilgan elchixona vakili.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Reuters Malidagi mehmonxonaga hujum oqibatida Rossiya, Ukraina va JAR fuqarolari halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi.
Izoh (0)