Shveysariyaning Alp tog‘larida 1970-yilda yo‘qolib qolgan ikki alpinistning jasadi topildi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Jasad qoldiqlari Matterxorn tog‘i etaklarida dengiz sathidan 2,8 km balandlikda aniqlangan. DNK testlari jasadlar 1970-yil avgustida bedarak yo‘qolgan Michio Oikave va Masayuki Kobayasiga tegishli ekanligini ko‘rsatdi.
Ta’kidlanishicha, tanalar yapon alpinistlari yo‘qolgan deb taxmin qilingan joydan uzoqda topilgan. Ularning o‘limiga, ekspertlar fikricha, ekspeditsiya hududida tog‘ muzlari faol erishi sabab bo‘lgan.
Izoh (0)