Politsiya xodimlari AQShning Los-Anjeles okrugidagi Long-Bich shahrida tunda pichoq bilan olti kishiga jarohat yetkazgan noma’lum shaxsni otib o‘ldirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Hodisa salomatligi tiklanayotgan bemorlar dam olish uyida sodir bo‘lgan. Noma’lum kimsa bir guruh kishilar, jumladan, uch nafar ayolga pichoq bilan hujum qilganidan so‘ng politsiya chaqirilgan.
Yetib kelgan politsiya xodimlari ushbu shaxsni otib o‘ldirdi. Jarohatlanganlar kasalxonaga yotqizilgan. Voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)