Nepalning Langtang tog‘li hududida shu yil aprel oyida bo‘lib o‘tgan zilzilada halok bo‘lgan yana 17 kishining jasadi topildi. Mahalliy aholi bu haqda ma’murlarni o‘tgan haftada ogohlantirgan, ammo yomon ob-havo sharoitlari tufayli ularni poytaxt Katmanduga, DNK ekspertizasi o‘tkazish uchun yetkazishning iloji bo‘lmagan, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Eslatib o‘tamiz, Nepalda 25-aprelda ro‘y bergan 7,9 magnitudali zilzila oqibatida 9 ming atrofidagi aholi halok bo‘lgan, 22 mingdan ziyod fuqaro jabrlangan edi.
Izoh (0)