Afg‘onistonning Samangan viloyatida 35 yoshli ayol besh egizakni dunyoga keltirdi. Bu haqda “Joinfo.ua” xabar bermoqda.
Tibbiyot muassasasi xodimlarining ma’lum qilishicha, besh o‘g‘ilni tuqqan onaning ahvoli barqaror. Chaqaloqlarning vazni ancha kichik va bu bittadan ortiq farzand tug‘ilgan holatlarga xosdir.
Rizogul ismli bu qahramon ona uy bekasi hisoblanadi. Bungacha uning ikki bolasi — o‘g‘li va qizi bor edi.
Izoh (0)