Gamburgda Ikkinchi jahon urushi yillaridan qolgan bunkerdagi portlashdan jabrlanganlar soni 43 kishiga yetdi. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” nashri xabar berdi.
Barcha jabrlanganlarga yengil yoki o‘rta darajada shikast yetgan. Kasalxonalarda 19 kishiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, Germaniyaning Gamburg shahridagi sobiq bunkerda joylashgan duradgorlik ustaxonasida avval yong‘in, so‘ng portlash yuz berdi. Ustaxonada 100 tonna efir moyi saqlangan.
Izoh (0)