Chexiya janubidagi Gorajdevitse shahridagi temiryo‘l bekatida ikki yo‘lovchi poyezdi to‘qnashib ketishi oqibatida 7 kishi og‘ir jarohat oldi, 30 kishi yengil shikastlandi. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” xabar bermoqda.
Ikkala poyezdda jami 200 kishi bo‘lgan. Jarohatlangan va shikastlanganlarga ko‘mak berish uchun bekatga uch vertolyot hamda bir necha tez yordam avtomobillari yetib keldi.
Temiryo‘lchilar yo‘llarni tartibga keltirmoqda. Bekatda poyezdlar harakati yarim tunga qadar to‘xtatilgan.
Izoh (0)