Nyu-Yorkning Bruklin tumanida 2-avgustga o‘tar kechasi sodir etilgan otishma tufayli o‘n kishi jarohat oldi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa o‘tirish chog‘ida ro‘y bergan. Bir kishi og‘ir ahvolda. Voqea joyiga politsiya yetib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, 16-iyul kuni AQShning asli kuvaytlik 24 yoshli fuqarosi Muhammad Yusuf Abdulaziz Tennessi shtatida joylashgan Chattanuga shahridagi armiyaga chaqiriq punkti va Harbiy dengiz kuchlari zaxirasi markazida o‘t ochishi oqibatida to‘rt nafar dengiz piyoda askari voqea joyida halok bo‘lgan edi.
Izoh (0)