Gubernator Jerri Braun Kaliforniyada yuz berayotgan ko‘p sonli yong‘inlar tufayli favqulodda holat e’lon qildi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
“Favqulodda holat ma’murlarga yong‘in bilan kurashga milliy gvardiyani safarbar etish imkonini beradi”,— deya ta’kidlaydi NBC telekanali. Ayni paytda Kaliforniyada 24 ta yirik ko‘lamdagi yong‘in qayd etilgan. Ofat bilan kurashga 9 ming o‘t o‘chiruvchi va ko‘p sonli texnika tashlangan. Yaqin orada ularga milliy gvardiya bo‘linmalari ham kelib qo‘shiladi.
Izoh (0)