Zimbabvening timsoli hisoblangan, avvalroq o‘ldirilgan Sesil laqabli sherning ukasi — sher Jeriko brakonyerlar qo‘lida halok bo‘ldi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Zimbabvedagi Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish guruhi raisi Jonni Rodrigesning ma’lum qilishicha, Jeriko 1-avgust, shanba kuni mahalliy vaqt bilan 16:00 da otib o‘ldirilgan.
Avavalroq badavlat amerikalik Uolter Palmer Zimbabve timsoli hisoblangan Sesil laqabli sherni Xvange milliy bog‘ida arbaletdan yaralab, 40 soatdan so‘ng uni o‘qotar quroldan otib o‘ldirgani ma’lum bo‘lgandi.
Hozirgi vaqtda Palmerga bu ishda yordam berib, 50 ming dollar miqdorida mukofot puli olgan mahalliy yordamchilarga nisbatan brakonyerlik moddasi bo‘yicha ayblov e’lon qilingan, amerikalikning o‘zi esa Sesilni litsenziyasiz otib o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda.
Izoh (0)