Italiyaning “Roma” klubida to‘p suruvchi 5 nafar futbolchi Jakarta aeroportida pasport nazoratidan o‘ta olmadi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Jamoa Indoneziyaga mavsumoldi yig‘inlarini o‘tkazish uchun tashrif buyurgandi. Bojxonada ivuarlik Seydu Dumbiya va Jervinyo, serbiyalik Adem Lyaich, kolumbiyalik Viktor Ibarbo va ispaniyalik Antonio Sanabriya bilan muammo chiqdi.
Ularni mamlakatga kiritishga to‘sqinlik qilgan sabablar oshkor qilinmadi. Barcha besh futbolchi Italiyaga qaytib ketdi.
Izoh (0)