AQSh davlat kotibi Jon Kerri yadro dasturi bo‘yicha kelishuvdan so‘ng Isroilning Eronga nisbatan bir tomonlama xatti-harakatlari katta xato bo‘ladi, deb hisoblaydi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
NBC telekanalining Today ko‘rsatuvida boshlovchi Kerridan Eron va “oltilik” yadro dasturi bo‘yicha kelishuvga erishganidan so‘ng Isroil Tehronga nisbatan harbiy hujum yoki kiberhujum uyushtirishi ehtimoli bor-yo‘qligi haqida so‘radi.
“Bu katta xato bo‘lardi hamda Isroil va butun mintaqa uchun og‘ir oqibatlar keltirib chiqarardi, va men bunga zarurat bor deb o‘ylamayman”, — dedi Kerri.
Izoh (0)