Rossiya Milliy aksilterror qo‘mitasi Nalchik shahrida amalga oshirilgan terrorchilarga qarshi operatsiyaning ba’zi tafsilotlarini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Yo‘q qilingan banditlarning shaxsini ularning yaqin qarindoshlari ishtirokida aniqlash jarayonida ular orasida 1992-yilda tug‘ilgan Sultan Abshayev ham borligi ma’lum bo‘ldi. U rahbarlik qilgan banditlar guruhi a’zolari terrorchilik tashkilotlari tarmog‘ini tashkil etish maqsadida mahalliy yoshlarni jangarilar safiga og‘dirish faoliyati bilan shug‘ullangan”, — deyiladi MAQ xabarida.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, Abshayev 2015-yil iyulida kichik yoshli o‘g‘li ko‘z o‘ngida o‘ldirilgan Kabardin-Bolqor prokuraturasi xodimi o‘limiga aloqadordir. Bundan tashqari, Abshayev 2014-yil noyabrida o‘ldirilgan yo‘l-patrul xizmati xodimi qotillik ishiga ham aloqadorlikda gumon qilinadi.
“Yaqin vaqt ichida jinoyatchilar bir qator terrorchilik harakatlarini amalga oshirishni rejalashtirayotgan edi, jumladan, Respublika kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlari vaqtida hokimiyat organi vakillarini o‘ldirish ko‘zda tutilgan edi”, — deyiladi MAQ xabarida.
Izoh (0)