Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Omskdagi kazarma qulashining dastlabki sabablari haqida axborot berdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Fojeaga 1975-yili kazarmani qurish vaqtida devorlar sifatsiz o‘rnatilgani sabab bo‘lgan. Aksariyat konstruksiyalar, har holda, ichki konstruksiyalar amalda qorishmasiz qurilgan. Bu holat biz mazkur o‘quv markazidagi barcha inshootlarni tekshirib chiqish haqida to‘g‘ri ko‘rsatma berganimizni tasdiqlaydi”, — dedi Shoygu.
Vazirning aniqlik kiritishicha, 2013-yili binoni ta’mirlash bo‘yicha olib borilgan ishlar vaziyatni yanada yomonlashtirgan. Shoyguning qo‘shimcha qilishicha, kazarma qayta tiklanmay, buzib tashlanadi, uning o‘rnida esa xotira belgisi yoki kichik ibodatxona quriladi.
Omskdagi kazarma 12-iyul kuni oqshomda buzilib ketgandi. Bino qulagan vaqtda uning ichida 337 kishi bo‘lgan, 23 kishi hodisa joyida halok bo‘lgan, 19 kishi kasalxonaga yotqizilgan.
Izoh (0)