Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevropa Ittifoqining sanksiyaga tushgan mahsulotlarini bevosita chegarada yo‘q qilish masalasini ko‘rib chiqish haqida ko‘rsatma berdi. Bu haqda “Eurointegration.com.ua” xabar bermoqda.
Rossiya qishloq xo‘jaligi vaziri Aleksandr Tkachevning taklifiga javoban Putin shunday dedi: “Yaxshi. Kelinglar, vazirning taklifiga rozilik bildiramiz”.
“Men prezident ma’muriyati va hukumatdan mazkur masalani huquqshunoslar bilan muhokama qilib, tegishli qarorlarni taklif etishni so‘rayman”, — deya qo‘shimcha qildi Rossiya prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Yevropa Ittifoqiga qarshi kontrsanksiyalar muddatini bir yilga uzaytirgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)