Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Rossiya bilan bog‘liq hududiy masalani hal etish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan gaplashganimda, u bilan ishonchli munosabatlarni o‘rnatdim”, — dedi Abe. Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, mazkur muammoni “do‘st-yetakchilar o‘zaro hal qilishi kerak”.
“Muammoni hal qilish orqali Rossiya bilan tinchlik bitimini imzolashga harakat qilaman”, — deya qo‘shimcha qildi Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe.
Rossiya va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlarning to‘liq tartibga solinishi va tinchlik bitimining imzolanishiga janubiy Kuril orollariga egalik qilish masalasi xalal bermoqda.
Yaponiya va Rossiya o‘rtasidagi hududiy bahs Ikkinchi jahon urushi tugaganidan beri davom etadi — urush yakunlariga ko‘ra, Kuril orollari butunligicha SSSR tarkibiga qo‘shib olingandi.
Biroq Iturup, Kunashir, Shikotan va Xabomai orollari guruhiga Yaponiya muntazam ravishda da’vo qilib keladi.
Izoh (0)