23-iyul kuni ertalab maslahat sessiyasida Olma-Ota shahar hokimi Ahmadjon Yesimov deputatlarga shaharda favqulodda holat rejimi e’lon qilinganini bildirdi, deya xabar bermoqda Kazakhstan Today.
Bu sel oqimi kelishi natijasida jabrlanganlarga maksimal tezkorlik bilan qonunda ko‘zda tutilgan yordamni ko‘rsatish uchun joriy etildi. Favqulodda holat doirasida 2 milliard tenge ajratildi.
Nashr eslatishicha, bugun, 23-iyul kuni Kargalinka daryosidagi suv sathi ko‘tarilishi natijasida Olma-Otaning Navro‘zboy va Alatau tumanlari qisman suv ostida qolgan edi.
Izoh (0)