Amerikaning Angels Among Us Pet Rescue hayvonlarni himoya qilish tashkiloti vakillari ijtimoiy tarmoqlar yordamida Kala va Kirani zaharlab o‘ldirishdan saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Vesti.ru”.
Facebook’da ushbu ikki it quchoqlashib turgani aks etgan fotosurat e’lon qilinganida ikki soat o‘tib, ularni asrab olish istagida bo‘lgan kishi topildi.
Ular eng so‘nggi daqiqalarda qutqarib qolindi — bir-birining pinjiga kirib turgan itlar surat tushirilgan kuniyoq zaharlab o‘ldirilishi kerak edi. Ularning baxtiga, Facebook foydalanuvchilari keltirib chiqargan shov-shuv yordamida jonivorlarga xo‘jayin topildi. U itlarni ta’sirli surat ijtimoiy tarmoqda paydo bo‘lganida ikki soat o‘tib olib ketdi.
Izoh (0)