AQSh prezidenti Barak Obama Afrika bo‘ylab xizmat safari chog‘ida Keniyadagi qarindoshlari bilan uchrashadi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru” davlat rahbarining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Syuzan Raysga tayanib.
Uning aytishicha, prezident oilasining turar joyiga bormasa-da, Keniyaga tashrifi davomidagi rasmiy tadbirlardan birida qarindoshlari bilan uchrashadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Obama Keniyaga tashrifi davomida ona qishlog‘i Kogeloga o‘z qarindoshlarini ko‘rgani bormasligini ma’lum qilgan edi. Biroq uning afrikalik urug‘-aymoqlari AQSh prezidentini mehmonga kutayotgani haqida ko‘p marta aytib o‘tdi.
Izoh (0)