Olma-Otada “Sari-Arka” va “Dostik” metro bekatlari qurilishi boshlandi, deya xabar bermoqda “Nur.kz”. Ular 2019-yilda ochilishi rejalashtirilgan.
“Metro qurish — juda katta va jiddiy ish. Hozir u yerda ishlar olib borilmoqda. Daraxtlarni kesib, muhandislik kommunikatsiyalarini o‘rnatmoqdamiz”, — dedi Olma-Ota Avtomobil yo‘llari boshqarmasi rahbari o‘rinbosari G‘ani Mirzaxonov.
Nashr eslatishicha, bu yil Olma-Otada “Sayran” va “Moskva” metro bekatlari ochildi.
Izoh (0)