“Barselona” bilan AQShda yig‘in o‘tkazayotgan hujumchi Luis Suares va undan dastxat olgan bolakay o‘rtasida qiziqarli suhbat bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Championat.com”.
Suares o‘z dastxatini to‘pga tushirib berayotganida bolakay uni dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb atadi. Biroq Suares bu fikrga qo‘shilmadi: “Men dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi emasman. Kim eng zo‘rligini o‘zing bilasan”.
Oldinroq Suares “ko‘k-anorranglilar”ning o‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatini takrorlashni istashini aytib o‘tgandi. Eslatib o‘tamiz, 2014/15-yilgi mavsumda Luis Enrike shogirdlari Ispaniya chempionati, mamlakat Kubogi va Chempionlar Ligasida g‘alaba qozongan.
Izoh (0)