Toshkentda Shveytsariyaning qimmatbaho soatlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan TAG Heuer kompaniyasi tomonidan tayyorlangan TAG Heuer RACER (Full Carbon Orange) lyuks smartfoni savdoga chiqarildi. “Mobinfo.uz”ning qayd etishicha, mazkur qurilma taqdimoti uzoq 2012-yilda bo‘lib o‘tgan va u Android 2.3 operatsion tizimida ishlaydi.
Full Carbon Orange versiyasi telefon old paneli to‘liq karbon va qora kauchuk bilan qoplangani, qora PVD-qoplamali zanglamas po‘lat korpusga olovrang poyga yo‘li tushirilgani, qurilma qopqog‘i esa karbon plastina va PVD-qoplamadan iborat ekanligi bilan ajralib turadi.
TAG Heuer RACER smartfoni 1 gigagerts chastotali protsessor negizida ishlaydi, 3,5 dyuymli displey, 5 megapikselli kamera, shuningdek, old tomonda VGA-kameraga ega. Micro-SD karta uchun slot mavjud. Musiqa tinglash rejimida 11 soatgacha ishlay oladi.
Toshkentdagi “Fleshka” (“Malika”) bozorida TAG Heuer RACER (Classic versiyasi) smartfoni rekord darajadagi narx — 6 million so‘mga taklif qilinmoqda.
Izoh (0)