Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerikalik olimlar oddiy eksperiment o‘tkazib, sun’iy aql-idrokka ega robotlar o‘z-o‘zini anglay olishini isbotladi, deya xabar bermoqda “Mail.ru”.

Foto: mail.ru

Foto: mail.ru

Bunda uchta qurilmaga mantiqiy topshiriq berildi; eksperimentning muvaffaqiyatli kechgani robotlar nafaqat ongli ekanligini, balki ro‘yirost javob berishga intilishini ko‘rsatdi.

Eksperimentda uchta Nao robotiga, ulardan ikkitasi maxsus “gunglik dorisi”ni ichishi aytildi. Olimlar uchta robotdan ikkitasini tasodifiy tarzda tanlab olib, ulardagi dinamikni o‘chirib qo‘yuvchi tugmani bosdi. Robotlar “gunglik dorisi”ni qaysi biri ichganligidan bexabar qoldi. Ularga bu haqda savol berilganida esa uchta qurilma ham “Bilmayman”, — deya javob qilishga urindi.

Albatta, bu paytda faqat bitta robotning javobi eshitildi. U o‘z ovozini eshitgach, “Uzr, endi bilaman. Men o‘zimga ‘gunglik dorisi’ berilmaganini isbotlay oldim”, — deya qayta javob berdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
O‘zbekiston Kubogi 1/8 finaliga yo‘l olgan barcha jamoa nomi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina qo‘shinlari “keng miqyosli” qarshi hujum boshlaganini e’lon qildi (video)
Mahalliy
O‘zbekiston prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatga olindi