Gretsiya 20-iyul, dushanba kuni Xalqaro valyuta jamg‘armasi oldidagi muddati o‘tgan 1,6 milliard SDR (special drawing rights, maxsus o‘zlashtirish huquqlari) qarz majburiyatlarini yopdi, bu taxminan 2 milliard yevroga teng keladi. Bu haqda jamg‘arma xabariga tayanib, “Korrespondent.net” ma’lum qildi.
XVJ rasmiy vakili Jerri Rays tasdiqlashicha, jamg‘arma “Gretsiyaga moliyaviy barqarorlik va o‘sishga qaytish yo‘lidagi sa’y-harakatlarida yordam berishni davom ettirishga tayyor”.
Izoh (0)