Pearson nashriyoti Financial Times gazetasini sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, Bloomberg xabar qilmoqda.
Gazetani sotib olishga ismi oshkor qilinmayotgan bir nechta xaridorlar qiziqish bildirmoqda. Kelishuv summasi 1 milliard funt sterling (1,6 milliar dollar)ni tashkil etishi mumkin. Agentlikning suhbatdoshlaridan biri Financial Times’ni sotib olish Axel Springer SE nashriyot xoldingi hamda Yevropa, Yaqin Sharq va Osiyoning bir qator investorlari uchun qiziq bo‘lishini aytib o‘tdi.
Yana bir manba gazetani sotish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmaganini ta’kidlab o‘tdi. Pearson va Axel Springer SE vakillari izoh berishdan bosh tortdi.
Financial Times gazetasi 1888-yilda tashkil qilingan. U ingliz tilida chop qilinadi va dunyoning 20 ga yaqin shahrida sotiladi. Gazetaning 720 ming obunachisi bor. Ularning deyarli 70 foizi internet orqali elektron obunaga a’zo bo’lgan.
Izoh (0)