Ley laqabli xitoylik xonadonida politsiya bo‘limini “tashkil etdi”. Mahalliy OAV u tovlamachilik bilan shug‘ullangani va pul evaziga yordam taklif etgani haqida ma’lum qilmoqda. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Firibgarni uning sobiq sevgilisi sotib qo‘ydi — Ley qizda unga nisbatan shubha-gumon paydo bo‘lgach, qo‘rqita boshlagan. Oldiniga u chindan ham politsiyada ishlashi va qizning barcha kirdikorlaridan xabardor ekanligiga ishontirmoqchi bo‘lgan, so‘ng Internetga ularning birga bo‘lganlari tasvirlangan videoni joylashtirishini bildirib, dag‘dag‘a qilgan. Shundan so‘ng qiz chiday olmay, haqiqiy politsiyaga murojaat etgan.
Ley hibsga olingan xonadon Xitoyning Xubey provinsiyasidagi Uxan shahrida joylashgan. Uddaburro xitoylikning uyida politsiya “qabulxonasi”, hatto so‘roq o‘tkaziladigan xonagacha bor ekan. Bundan tashqari, uning uyidan kishanlar to‘plami, maxsus kiyim, qurol va qalbaki hujjatlar ham topilgan.
Izoh (0)