Arab koalitsiyasining Yaman shimolidagi Saada provinsiyasiga aviahujumi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Sputnik agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Bombalar Kitaf munitsipalitetidagi qishloqqa tushgan. Halok bo‘lganlarning aksariyati ayollar va bolalardir. Shuningdek, aviatsiya mamlakatning sobiq prezidenti Ali Abdullo Solihning safdoshi general Maxdi Makvalning Sana provinsiyasidagi uyiga ham zarba bergan.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 26-martdan beri Yamanda 1670 nafar tinch aholi qurbon bo‘ldi, 3829 nafari yaralangan.
Izoh (0)