Kolima vulqonining faollashgani sababli Meksikada tabiiy ofatlar jamg‘armasi tomonidan favqulodda vaziyat e’lon qilindi. Mamlakat ichki ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, jamg‘arma tomonidan ilk bor vulqon faolligi sababli favqulodda vaziyat e’lon qilinmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” manbalariga tayanib, “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Bir hafta avval Kolima vulqoni to‘satdan harakatga kelgan, shu bois yaqin atrofdagi aholi punktlaridan yuzlab kishilar ko‘chirilgan. Mutaxassislar vulqondagi o‘zgarishlar 1913-yilda ro‘y bergan Kolima tarixidagi eng kuchli otilishga juda o‘xshashligini qayd etdi.
Izoh (0)