Jazoir armiyasi mamlakat shimolidagi Ayn-Defla provinsiyasida xavfsizlik kuchlari xodimlariga hujumdan so‘ng o‘tkazilgan amaliyot chog‘ida 16 nafar terrorchini yo‘q qildi. Bu haqda Sky News Arabia telekanaliga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Telekanalning ta’kidlashicha, o‘ldirilganlar orasida chet ellik fuqarolar ham bo‘lgan. Harbiylar, shuningdek, qurol-aslaha, o‘q-dori va portlovchi moddalarning yirik miqdordagi zaxiralarini aniqlagan.
Eslatib o‘tamiz, 18-iyul, shanba kuni jangarilar Ayn-Defla provinsiyasida harbiy karvonga uyushtirgan hujum oqibatida 9 askar halok bo‘lgan, buning uchun mas’uliyatni esa “Al-Qoida islom Mag‘ribi mamlakatlarida” tashkiloti o‘z zimmasiga olgandi.
Izoh (0)