CNN telekanali Malayziya “Boing”ining Donetsk yaqinida halokatga uchragani sabablari haqidagi Niderlandiya ma’ruzasi loyihasi mazmunining bir qismini oshkor qildi, deb yozadi Meduza.
CNN ushbu hujjat mazmunidan xabardor manbalariga tayangan holda, tergov komissiyasi halokat uchun javobgarlikni Donbassdagi ayirmachilar bo‘yniga qo‘ygani haqida xabar bermoqda.
Ma’ruzada aytilishicha, “Boing” yerdan turib raketa orqali urib tushirilgan. Komissiya raketa uchirilgan hududni aniqlab, ushbu hudud ayirmachilar tomonidan nazorat qilingan, degan xulosaga kelgan.
Shuningdek, javobgarlikning bir qismi Malaysian Airlines aviakompaniyasiga tegishli bo‘lib, u Donbassdagi nizolar hududida parvozni to‘xtatmaganlikda ayblanmoqda.
Izoh (0)