Osvensim konsentratsion lagerida soqchi bo‘lib ishlagan Hisobchi laqabli 94 yoshli germaniyalik Oskar Gryoning ommaviy qotilliklarga sheriklikda aybdor deb topildi. Uni to‘rt yillik qamoqqa mahkum etishdi, deya xabar bermoqda Reuters.
Gryoning ishi bo‘yicha qaror Lyuneburg shahar sudi tomonidan bir hafta ertaroq e’lon qilindi. Majlislar vaqti erkakning yoshi kattaligini hisobga olgan holda qisqartirilgan.
Eslatib o‘tamiz, ish ko‘rib chiqilishi davomida aprel oyida Gryoning Osvensimning sobiq tutqunlaridan uzr so‘ragan edi.
Unga qarshi 60 dan oshiq kishi da’vo bergan bo‘lib, ular orasida Kanada, AQSh va Vengriyada yashovchi xolokostni boshidan kechirganlar va ularning oila a’zolari bor.
1944-yilda Osvensim (Polsha)ga vengriyalik yahudiylar ortilgan 130 dan ziyod poyezd yetib kelgan edi. 300 mingga yaqin kishi gaz kameralarida zaharlangan va lager pechlarida yoqib yuborilgan. Gryoning ushbu qotilliklarda qatnashganlikda ayblanmoqda. Tergov versiyasiga ko‘ra, u gaz kameralarida o‘limga mahkum bo‘lganlardan musodara qilingan buyum va pullarni sotish bilan shug‘ullangan.
Izoh (0)