Gretsiya hukumati banklar uchun tanaffusni 17-iyul, jumagacha cho‘zishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat moliya vazirligiga tayanib, AP ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Yevropeyskaya pravda” nashri.
Vazirlikda ta’kidlashlaricha, endi banklarda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan amaliyotlar doirasi kengayadi. Jumladan, nafaqadagilar bank kartasisiz haftasiga 120 yevro olishi mumkin. Kredit kartalari hisob-kitoblari bo‘yicha to‘lovlar, soliq va kommunal to‘lov kabi davlat oldidagi qarzlar, shuningdek, sug‘urta kompaniyalari hisob-kitoblarini to‘lashga ruxsat beriladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Gretsiya banklari 16-iyulga qadar ishlamasligi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)