AQShning Massachusets shtatidagi Keyp-Kod orolida dam olayotganlar sohilga chiqib qolgan oq akulaning hayotini saqlab qoldi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Yosh yirtqichning qutqarilishi aks etgan video YouTube’ga joylandi va ikki kun ichida qariyb bir million marta tomosha qilindi.
Sohilda dam olayotganlar qutqaruvchilar yetib kelguniga qadar akulaning ahvolini yengillashtirish maqsadida, uning ustidan suv quyib turdi. So‘ng, yirtqichning dumini qayiqqa bog‘lab, uni suvga tortdi.
Qutqaruvchilar esa bu orada akulaning keyingi ahvolidan boxabar bo‘lib turish uchun unga GPS-navigator o‘rnatib qo‘ydi.
Izoh (0)