Yaqin Sharq respirator sindromi (MERS) qo‘zg‘alishi oqibatida Janubiy Koreya sayyohlik tarmog‘i 95 million dollar (108 milliard von) yo‘qotdi. Bu haqda Koreya Milliy turizm tashkilotiga tayanib, “Praym” ma’lum qilgan, deya xabar beradi “Vedomosti.ru”.
Iyunda chet eldan keladigan sayyohlar oqimi o‘tgan yilga nisbatan deyarli ikki barobar – 640 ming kishiga kamaydi, 130 mingdan ortiq xorijliklar safarlarini bekor qildi. Iyul – avgustda sayohatga oldindan buyurtma qilish o‘tgan yil yoziga nisbatan 80 foizga pasaydi (1,13 millondan 200 000 gacha).
Eng katta yo‘qotish Xitoy va Yaponiyadan keluvchilar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Hukumat mamlakatning turizm salohiyatini tiklashga 20 million dollar sarflashga tayyor ekanligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, 2015-yil may oyidan beri Janubiy Koreyada koronavirus oqibatida uni yuqtirib olgan 186 kishidan 36 nafari hayotdan ko‘z yumdi.
Izoh (0)