Turkiya shimoli-g‘arbidagi Bolu provinsiyasida ikki avtobus ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida olti kishi qurbon bo‘ldi, 40 nafar yo‘lovchi turli darajada jarohat oldi. Bu haqda Hurriyet nashriga tayanib “RIA Novosti” bergan ma’lumotlar asosida “Novosti-Kazaxstan” xabar bermoqda.
Ordudan Istanbulga yo‘l olgan avtobus haydovchisi tunneldan chiqishda yomg‘ir tufayli boshqarishni uddalay olmagach, transport vositasi ag‘darilib ketdi. Uning ortidan Nigde—Istanbul yo‘nalishida harakatlanayotgan avtobus haydovchisi favqulodda to‘xtashga harakat qildi, ammo buning iloji bo‘lmadi.
Birinchi avtobusda haydovchi, yo‘lboshlovchi va to‘rt nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan. Jabrlanganlarning bir nechtasi og‘ir ahvolda bo‘lganligi sababli avtohalokat qurbonlari soni yanada ortishi mumkin.
Izoh (0)